AsosiyJamiyat

Hududlarning Biznes reytingi aniqlandi. Bektemir tumani respublikada birinchi o`rinda

'Hududlarning Biznes reytingi aniqlandi. Bektemir tumani respublikada birinchi o`rinda'ning rasmi

Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/4688498) bilan Adliya vazirligiga joylarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini aniqlash vazifasi yuklatilgan. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shunga ko`ra hududlarning Biznes reytingi b-indicator.uz saytida e`lon qilinib kelinmoqda.  

2020 yil yakunlari bo`yicha ham 14 ta viloyat hamda 203 ta tuman (shahar)larning Biznes reytingi e`lon qilindi.

Reyting 30 ta indikator bo`yicha shakllantirildi.

Reyting shakllantirishda 15 ta vakolatli organlar tomonidan kiritilgan 4 mingga yaqin statistik ma`lumotlar hamda 25 mingdan ortiq tadbirkorlardan so`rov yo`li bilan olingan 475 mingga yaqin axborotlar tahlil qilindi.

Baholash yakunlariga ko`ra, Toshkent shahri 1-o`rinni, Surxondaryo viloyati – oxirgi o`rinni egalladi.

Tuman (shahar)lar ichida Bektemir tumani 1-o`rinni, Baxmal tumani – oxirgi o`rinni egalladi.

Hududlarning Biznes reytingi bilan batafsil tanishish uchun b-indicator.uz saytiga o`ting.

    Boshqa yangiliklar