Ijtimoiy tarmoqlarda "GAIni duxini sindirish bo`yicha master klass" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.
IIV YHXBB Axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 31 mart kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi A.Abdurahimov 4R6 "Toshkent-Chimyon" avtomobil yo`lining 17-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan A.S. boshqaruvidagi "DAF TE 105 XF" rusumli yuu avtomobilini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida harakatlanganligi uchun to`xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan.
O`zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganligidan g`azablanib, erdan qo`liga qattiq jism olib, jism bilan urish niyatida inspektorni qo`rqitmoqchi bo`lgan.
Mazkur holat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






