AsosiyJamiyat

Samarqandda o`quvchining qo`liga «2» baho qo`ygan o`qituvchi ogohlantirish oldi

'Samarqandda o`quvchining qo`liga «2» baho qo`ygan o`qituvchi ogohlantirish oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 65-maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi o`quvchining qo`liga «2» baho qo`yganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi va shahar xalq ta`limi bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan o`quvchining onasi ishtirokida o`rganildi, deya manosabat bildirdi Samarqand viloyati xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi Q.D. 2-sinf o`quvchilariga dars o`tish chog`ida berilgan vazifaga ijobiy javob bera olmagan o`quvchi N.A.ning qo`liga «2» baho qo`ygan.

Mazkur holatni o`rganish chog`ida bir yildan buyon ushbu maktabda o`quvchilarga ingliz tili fanidan dars berayotgan o`qituvchi Q.D. ga o`quvchiga nisbatan bu xatti-harakati pedagogik-psixologik jihatdan noto`g`ri ekanligi tushuntirildi. Uning etarlicha tajriba to`plamaganligi, pedagogik faoliyatini boshlaganiga ko`p bo`lmaganligi inobatga olinib, ogohlantirildi. Yosh o`qituvchiga metodik, pedagogik-psixologik yordam berish uchun malakali ustozlar biriktirildi.

 

    Boshqa yangiliklar