2021 yil 1 aprel holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83239 (+189) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 10 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg`ona viloyatida,
- 24 nafari Toshkent viloyatida,
- 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1306 nafar bemordan 209 nafari og`ir, 94 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






