1

Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar 10 gektargacha ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin

Jamiyat 02.04.2021, 11:43
Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar 10 gektargacha ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin

“Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.  

 Qonunga ko`ra, 18 yoshga to`lgan, muomalaga layoqatli bo`lgan, o`ziga dehqon xo`jaligini yuritish uchun er uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O`zbekiston fuqarosi yoki O`zbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxs dehqon xo`jaligi boshlig`i bo`lishi mumkin.

 Dehqon xo`jaligi dehqon xo`jaligi boshlig`ining davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrifi vositasida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hisobga qo`yiladi yoki davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.

 Bunda davlat boji va yig`im undirilmaydi.  

 Dehqon xo`jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo`lgan o`lchamda er uchastkalari beriladi.

 Shuningdek, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarning asosiy ekindan bo`shagan qismi 0,06 gektardan 10 gektargacha bo`lgan o`lchamda bir yilgacha bo`lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.

Dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan er uchastkasidan dehqon xo`jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish uchun foydalanilishi kerak.

 Shu bilan bir vaqtda bunday er uchastkasida 10 boshgacha chorva molni o`tlatishga yo`l qo`yiladi.  

Er uchastkasida engil konstruksiyali issiqxonalar va boshqa imoratlar, shuningdek sug`orish inshootlaridan tashqari inshootlar va imoratlar, shu jumladan er osti inshootlari aniqlangan taqdirda, vakolatli davlat organining yozma taqdimnomasiga ko`ra dehqon xo`jaligi boshlig`i taqdimnomani olgan kundan e`tiboran 15 kun ichida ixtiyoriy ravishda o`z hisobidan buzib tashlashi hamda er uchastkasini oldingi holatga keltirishi shart.

Dehqon xo`jaligi o`z ixtisoslashuvini, shu jumladan qishloq xo`jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni etishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o`tkazish usullarini mustaqil ravishda belgilaydi.

 Dehqon xo`jaligi o`zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narxlar belgilaydi.

 Davlat dehqon xo`jaliklarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

 Dehqon xo`jaliklari tasarrufida bo`lgan er uchastkalari maydonlarini ularning roziligisiz maqbullashtirishga (qisqartirishga, o`zgartirishga va boshqalarga) yo`l qo`yilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1