1

O`zbekistonda erkaklar 58 yoshda ham pensiyaga chiqishlari mumkin

Jamiyat 02.04.2021, 12:36
O`zbekistonda erkaklar 58 yoshda ham pensiyaga chiqishlari mumkin

 Pensiya jamg`armasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e`tirof etilgan shaxslarga:

- erkaklar — 58 yoshga to`lganda va ish staji kamida 25 yil bo`lgan taqdirda;

- ayollar — 53 yoshga to`lganda va ish staji kamida 20 yil bo`lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar.

Amaldagi pensiya qonunchiligiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga to`lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo`lgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga to`lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo`lgan taqdirda ega bo`ladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1