1

O`zbekistonda 4 mln 112 ming aholi koronavirus xavf osti guruhiga mansub

Jamiyat 02.04.2021, 13:08
O`zbekistonda 4 mln 112 ming aholi koronavirus xavf osti guruhiga mansub

Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov ma`lum qildi:

 «Koronavirusga qarshi vaksina bilan, xavflilik darajasidan kelib chiqib, dastlab 65 yoshdan yuqori bo`lganlar, tibbiyot xodimlari, xalq ta`limi va maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xorijda tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar emlanishi nazarda tutilgan.

Nega aynan ular?

Chunki ushbu aholi qatlamining bemorlar bilan bevosita muloqotda bo`lish ehtimoli mavjud. O`zbekistonda xavf osti guruhiga mansub aholining umumiy soni 4 mln 112 ming nafarni tashkil etadi.

Kuni kecha emlash tadbirlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridan boshlandi. Nega? Chunki aynan viloyatlar markazlari va poytaxtda lozim bo`lish ehtimolidan kelib chiqib, malakali yordam ko`rsata oladigan tibbiyot maskanlarining yaqinligi nuqtai nazaridan shu hududlar belgilab olindi.

May oyida tumanlar va kichik shaharlarda, iyun oyida esa respublikaning qolgan hududlarida emlash tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan», – dedi Nurmat Otabekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1