1

Qarshi shahrida muqaddam 3 marotaba sudlangan fuqaro yana firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

Jamiyat 02.04.2021, 14:16
Qarshi shahrida muqaddam 3 marotaba sudlangan fuqaro yana firibgarlik jinoyati ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 3 marotaba firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro I.M. fuqaro X.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo`yishga ishontirib, 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1