1

«O`zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz», — Innovasion rivojlanish vazirligi

Jamiyat 02.04.2021, 14:48
«O`zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksina mutlaqo xavfsiz», — Innovasion rivojlanish vazirligi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari Shahlo Turdiqulova ma`lum qildi.

 «Vazirlik ham xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilib keldi. Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining dastlabki sinov bosqichlari muvaffaqiyatli o`tkazilgani bois uning so`nggi — uchinchi klinik sinov bosqichlarini O`zbekistonda o`tkazdik.

Tahlil va o`rganishlar ko`rsatyaptiki, vaksina — mutlaqo xavfsiz va uni qabul qilgan insonda 95-97 foiz antitanachalar shakllanadi.  

Ushbu vaksinani shaxsan o`zim ham oilamiz orqali sinovdan o`tkazganmiz. Sinovda qatnashgan 7 ming kishining hech birida hech qanday nojo`ya ta`siri sezilmagan. Balki allergik ta`sirlar sezilishi mumkin, ukol qilingan joylar qizarishi mumkin, biroq bundan qo`rqmaslik kerak.

 Koronavirusni engib o`tishning yagona yo`li — vaksina qabul qilish. Shu bois aholini vaksinasiya jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman», — dedi vazir o`rinbosari.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1