O`zbekistonda oltin zaxirasi 133 tonna bo`lgan yangi kon topildi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani paytida ma`lum qilindi.
"Surxondaryodagi qo`rg`oshin-rux koni yonida biz yana bir polimetall konni Chinorsoyni davlat komissiyasi orqali o`tkazdik. Unda nafaqat qo`rg`oshin, balki oltin va kumush zaxiralariga ega metallar ham mavjud", deydi qo`mitaning Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va ko`paytirish bosh boshqarmasi boshlig`i Asror Rustamov.
2020 yilda respublika bo`ylab bir nechta yangi konlar ro`yxatdan o`tkazildi. Ular orasida Chukurquduq koni tarkibida 133 tonna oltin bor, shuningdek taxminiy zaxirasi 70-80 tonna bo`lgan kon ham davlat balansiga o`tkazilgan.
"Biz Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi Sariqo`l konida volframning katta hajmdagi zaxiralarini ro`yxatdan o`tkazdik. Bu yil qo`mitaga 1,2 trillion so`m ajratildi. Shulardan 185 milliard so`m jihozlar sotib olishga sarflanadi. Bu bizga ilmiy ishimizda yordam beradi", deydi qo`mita vakili.
Avvalroq, Olmaliqda yirik mis koni ochilishi haqida ham xabar berilgandi. Bu erda 200 ming tonnadan ortiq mis zaxiralari davlat balansiga o`tkazilgan.






