AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida fuqaro mast holda bilyard tayog`i bilan do`pposlagan shaxs og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

'Toshkent viloyatida fuqaro mast holda bilyard tayog`i bilan do`pposlagan shaxs og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi'ning rasmi

20 mart kuni soat 21:30 larda 26 yoshli Muxriddin B., mast holatda Quyichirchiq tumani Ko`ksaroy MFY., hududida  36 yoshli Baxramjon R., bilan o`zaro janjallashib, bilyard tayog`i bilan uning bosh qismiga urib jarohat etkazgan. Natijada Baxramjon R., bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat eyishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Baxramjon R., og`ir turdagi tan jarohatlar olganligi ko`rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Muxriddin B., va Baxramjon R., lar hech bir sababsiz janjallashib qolganliklari, ularning ikkalasi ham mast holatda bo`lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Muxriddin B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,l” bandlari (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish, ya`ni bezorilik oqibatida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan ashyolarni ishlatib ) bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

    Boshqa yangiliklar