AsosiyJamiyat

Farg`onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida odam urib ketdi. Piyoda shifoxonada vafot etdi

'Farg`onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida odam urib ketdi. Piyoda shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 2 aprel kuni Milliy gvardiya Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasiga tegishli bo`lgan “UAZ Pikap” rusumli avtomashinasida yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ma`lum qildi.

Ushbu xizmat avtomashina haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan Farg`ona tumani, “Farg`ona-Vodil” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, piyodalar o`tish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan o`ng tomonga qarab yo`lni kesib o`tayotgan fuqaro B.N. ni urib yuborgan.  

Shundan so`ng harbiy xizmatchi o`zining avtomashinasida ushbu fuqaroni Shoshilinch tez tibbiy yordam Farg`ona shahar filialiga olib borgan. Afsuski, jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan Farg`ona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar