1 aprel kuni fuqaro A.O. spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda Serquyosh ko`chasida mahalladoshi K.A.ning yashash xonadoni oldida eshiklari qulflanmagan holatda kaliti bilan qoldirilgan, “Spark” rusumli avtomashinasini osonlik bilan egallab, olib qochib, hodisa joyidan yashiringan deya xabar berdi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.


Viloyat IIB "102" qisqa raqamiga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida “Spark” avtomashinasi va uni olib qochgan shaxs Farg`ona shahrining Beshbola MFY hududida to`xtatib qolindi.


Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.








