AsosiySport

Boks kechasi: Sanjar Tursunov so`zining ustidan chiqdi, Hasanboy WBA International kamarini qo`lga kiritdi

'Boks kechasi: Sanjar Tursunov so`zining ustidan chiqdi, Hasanboy WBA International kamarini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkentda katta boks kechasi bo`lib o`tmoqda. Kechada “Darakchi” muxbiri ishtirok etmoqda. 

Boks kechasidan oldin o`tkazilgan matbuot anjumanida men faqat g`alaba uchun jang qilaman deya ta`kidlagan Tursunov so`zini ustidan chiqdi.

6 raund etib belgilangan jangda barcha hakamlar bir ovozdan Sanjar Tursunovning g`alabasini qayd etishdi.

Boks kechasidagi navbatdagi jangda hamyurtimiz 48,7kg vaz toifasida Hasanboy Do`smatov birinchi engil vazn toifasida WBA International kamari uchun tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi ringga ko`tarildi.

«Humo arena»ga yig`ilgan hamyurtlarimizning qo`llab-quvvatlashlari ostida Rio-2016 Olimpiada chempioni, 2018 yil Djakartada o`tkazilgan Osiyo o`yinlari hamda 2017 yil Gamburgda o`tkazilgan jahon chempionati kumush medallari sohibi va 2015 yili Bangkok, 2017 yil Toshkentda o`tkazilgan Osiyo chempioni Hasanboy Do`smatov ajoyib jang o`tkazdi.

Jangning ikkinchi raundida 2 ta nakoutdan so`ng kuchli zarba o`tkazib yuborgan Muhsin Kizota o`ziga kela olmadi va bosh hakam jangni to`xtatishga majbur bo`ldi.

Shunday qilib, Hasanboy Do`smatov birinchi engil vazn toifasida WBA International kamarini qo`lga kiritdi.

    Boshqa yangiliklar