1

"Tutqunlik" filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

Madaniyat 05.04.2021, 13:56
"Tutqunlik" filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

«O`zbekkino»  Milliy agentligi buyurtmasiga binoan  «Buxoriylar»  studiyasi  tomonidan «Tutqunlik» dramasining suratga olish ishlari start oldi.

Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo`yicha  2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlanadi.  

Kinokartinada  asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg`u beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo`lgan va uni yo`qotib qo`ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o`spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo`yicha rassom Elena Aitova. Filmda Nigina Anorboeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.

Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo`lib o`tmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1