AsosiySiyosat

Tanzila Norbaeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

'Tanzila Norbaeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi'ning rasmi

Avvalroq, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik. 

Pak Byon Sok O`zbekistonga qilgan rasmiy tashrifini Toshkentdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`yishdan boshladi. 

Shundan so`ng, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikerining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Tanzila Norbaeva bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvda har ikki davlat rahbarlari mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berayotgani ta`kidlandi. O`tgan yillarda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida O`zbekiston-Koreya strategik va ittifoqchilik hamkorligini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. 

Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning jadalligi izchil o`sib bormoqda. Bu ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi.

Tomonlar so`nggi vaqtda O`zbekiston va Koreya o`rtasidagi parlamentlararo muloqot ham faollashganini ta`kidladilar. Hamkorlik yillarida tomonlar parlament faoliyati tajribasini o`rganish, shu jumladan turli xalqaro konferensiyalar va parlament tashkilotlari ishida qatnashish doirasida muntazam ravishda o`zaro delegasiyalar tashriflarini amalga oshirdi.

2019 yilda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo`ldi. Tashrif davomida parlament delegasiyasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In, Milliy Assambleya Spikeri Mun Xi Sang, Yashil o`sish global instituti rahbari Pan Gi Mun, Seul va Inchxon shahar merlari (hokimlari), shuningdek, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazildi. 

Uchrashuv davomida parlament yuqori palatasi rahbari T.Narbaeva O`zbekiston va Koreya parlamentlari o`rtasidagi aloqalar ikki tomonlama hamkorlikning yangi kun tartibi doirasida rivojlanib borayotganini ta`kidladi. 2005 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo`yicha parlamentlararo guruhi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Senat Raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev uning rahbaridir.

Tomonlar parlamentlararo guruhning samarali faoliyati natijalarini ijobiy baholadilar. Hozirgi vaqtda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlararo guruhning rolini oshirish bo`yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda.

Hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi. Jumladan, davlatlarimiz rahbarlari o`rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan qo`mitalar, xalqaro parlament tuzilmalari va tashkilotlari o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, deputatlar o`rtasida mintaqalararo hamkorlik o`rnatish, huquqiy bazani faol shakllantirish, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta`minlash va boshqa masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston-Koreya parlamentlararo muloqotni tizimli davom ettirish zarurligi ta`kidlandi. Shuningdek, islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni huquqiy ta`minlash, ikki tomonlama shartnomalar va bitimlarni ratifikasiya qilish masalalarini tezlashtirish sohasida tajriba almashish bo`yicha dasturlarni amalga oshirishning muhimligi ta`kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar