Forbes 2021 yilning dunyodagi eng boy milliarderlar ro`yxatini ma`lum qildi. Nashrning xabar berishicha pandemiyaga qaramasdan, Forbes ro`yxatida bo`lganlar yil davomida $5trlnga boyiganlar.
Birinchi o`rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uning boyligi $188,6 mlrdga baholanmoqda.
Ikkinchi o`rinda SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask $169,8 mlrd, uchinchi o`rinda esa Bernar Arno $163,8 mlrd bilan joylashdi.
Alisher Usmonov reytingning 97-o`rinidan joy oldi. Uning boyligi $18,5 mlrdga baholanmoqda.
Eng boy milliarderlar o`rin olgan reytingning 10 taligi quyidagicha:
| Ism | Yosh | Kompaniya | Mamlakat | Daromad (mlrd AQSH dollarida) |
| Jeff Bezos | 57 | Amazon | AQSH | 188,6 |
| Ilon Mask | 49 | SpaceX, Tesla | AQSH | 169,8 |
| Bernar Arno | 72 | LVMH | Fransiya | 163,8 |
| Bill Geyts | 65 | Mircosoft | AQSH | 129,3 |
| Mark Sukerberg | 36 | Facebook | AQSH | 112,5 |
| Uorren Baffet | 90 | Berkshire Hathaway | AQSH | 99,5 |
| Larri Ellison | 76 | software | AQSH | 98,7 |
| Larri Peyj | 48 | Google | AQSH | 96,3 |
| Sergey Brin | 47 | AQSH | 93,4 | |
| Amansio Ortego | 85 | Zara | Ispaniya | 77,8 |






