Qozog`iston prezidenti Kassim-Jomart Tokaev Rossiyaning Sputnik V vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Facebookda davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Uali ma`lum qildi.
"Bugun davlatimiz rahbari Qarag`andagi farmasevtika zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan Sputnik V vaksinasini qabul qildi", deb yozgan Uali.
Uning qo`shimcha qilishicha, emlashdan so`ng Tokaev o`zini yaxshi his qiladi, uning yon ta`siri yo`q.
Sputnik V fevral oyining o`rtalarida Qozog`istonda ro`yxatdan o`tgan. Ushbu preparat bilan emlash mamlakatda 1 fevraldan boshlandi. 1 martdan boshlab Qozog`iston poytaxtida o`qituvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, 16 martdan boshlab butun mamlakat bo`ylab mahkumlar emlandi.
"Sputnik V" ishlab chiqaradigan zavod Qozog`istonda o`tgan yilning dekabrida ochilgan edi. Rasmiylar korxonaning ishlab chiqarish quvvati 2 million dozani tashkil qilishi kerakligini ta`kidladilar.
6 aprel holatiga ko`ra Sputnik V 59 mamlakatda ro`yxatdan o`tkazilgan. Bir nechta xorijiy davlatlarning rahbarlari, xususan, Argentina, Venesuela va Gvineya prezidentlari Rossiyaning ushbu dori vositasi bilan emlandi.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi