Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning 6 aprel kuni chop etilgan epidemiologik byulleteniga ko`ra, so`nggi bir hafta ichida dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 11 foizga o`sdi. Bu haqda "regnum.ru" xabar qildi.
JSST ma`lumotlariga ko`ra dunyoda ketma-ket oltinchi haftada COVID-19 infeksiyasining yangi holatlari ko`paymoqda.
"Global miqyosda COVID-19 bilan kasallanganlarning soni oltinchi haftada o`sib bormoqda, so`nggi bir hafta ichida 4 milliondan ortiq yangi holatlar qayd etilgan. Yangi o`limlar soni o`tgan hafta bilan taqqoslaganda 11 foizga o`sdi, 71 mingdan ortiq yangi o`limlar qayd etildi", - deyiladi JSST byulletenida.
So`nggi etti kun ichida Janubi-Sharqiy Osiyoda o`limning COVID-19dan o`sishi 46%, Amerikada o`lim 15%, Sharqiy O`rta er dengizi 7%, Evropada esa 2%ga oshdi.