1

Surxondaryodagi kurash bayramiga XKA prezidentining tashrifi kutilmoqda

Sport 09.04.2021, 11:39
Teglar: Surxondaryo, Haydar Farmon, XKA prezidenti
Surxondaryodagi kurash bayramiga XKA prezidentining tashrifi kutilmoqda

Xabaringiz bor, 9-12 aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida kurash bo`yicha Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag`ishlangan an`anaviy XV xalqaro turnir bo`lib o`tadi.

Garchi butun dunyoda pandemik vaziyat hukm surayotgan bo`lishiga qaramay Termiz gilamlarida bo`lib o`tadigan musobaqada ishtirok etish uchun sayyoramizning to`rt qit`asidagi 30ga yaqin davlatdan 105 nafar ishtirokchi yurtimizga kelmoqda.

Bugun tunda va kunduzi Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida bir qator delegasiyalar kutib olindi. Jumladan, mamlakatimizga etib kelgan mehmonlar safida kurash va sport olamining yuqori martabali vakillari ham borligi Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnirining nufuzi yuqori ekanligini bildiradi.

Xususan, Dominikan Respublikasi kurash federasiyasi prezidenti Jeymi Kazanova, Kongo Demokratik Respublikasidan Fransis Yafali, polshalik Yan Andre Grjegorchik, Ruminiyadan haqiqiy kurash fidoyisi Naim Belgin (uning matbuot anjumanida ayrim savollarga o`zbek tilida javob berishga harakat qilgani va savollarni tarjimonsiz tushungani ko`pchilikni hayratga soldi), Ozarbayjon vakili Mobil Xuseynov va boshqalar Toshkent xalqaro aeroportida munosib tarzda kutib olindi.

Musobaqaning eng martabali mehmoni, Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti hamda Osiyo Olimpiya Kengashi qoshidagi Osiyo o`yinlari departamenti direktori Haydar Farmon ham ertaga yurtimizga etib keladi. Yuqori martabali mehmonga Xalqaro kurash assosiasiyasining 5 nafar texnik direktori hamrohlik qilishi rejalashtirilgan.

Yurtimizga tashrifi davomida janob Farmon bilan mamlakatimiz sporti mutasaddilari o`rtasida uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda kurash sportini butun dunyoda keng ommalashtirish va rivojlantirish, uni Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritish yo`lidagi sa`y-harakatlarni kuchaytirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinadi.

Shu bilan birga faxriy mehmon bilan 2025 yili Toshkentda tashkil etiladigan IV yoshlar yozgi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik masalalarida ham o`zaro fikr almashiladi.

Sharhlar

Surxondaryoda aholi turar joyiga ayiq kelib qolgan

15.05.2024, 16:39

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xabar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi ma`lumot berdi. 15...
Surxondaryoda 1 tonnadan ortiq iste`molga yaroqsiz go`sht aniqlandi

10.05.2024, 16:50

Surxondaryo viloyatida o`tkazilgan reydda iste`molga yaroqsiz 1015 kilogramm mol go`shti aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.Qayd etilishicha, “Darband” YPX maskanida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat tartibini...
Surxondaryoda kuchli sel oqibatida 360 bosh qo`y nobud bo`ldi (video)

07.05.2024, 15:13

Surxandaryoda 3 kun davom etgan yog`ingarchilik sababli qo`ylar nobud bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida 2024 yilning 29-30...
Surxondaryoda ikkita mashina o`rtasida avtohalokat sodir bo`ldi

06.05.2024, 16:59

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar berdi.Holat 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1