AsosiySport

Prezident sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnir yakunlandi. Natijalar bilan tanishing

'Prezident sovrini uchun o`tkazilgan xalqaro turnir yakunlandi. Natijalar bilan tanishing'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bo`lib o`tayotgan kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim At-Termiziy xotirasiga bag`ishlangan XV xalqaro turnirda kecha erkaklar o`rtasida 81, 90 kg., ayollar o`rtasida 48, 57, 63, 70 kg. vazn toifalarida g`oliblar ma`lum bo`lgan edi.

Ikkinchi kungi bahslar ham anchayin qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo`ldi. Bugun erkaklar 60, 66, 73 kg., ayollar esa +70 kg. va mutlaq vazn toifasida g`olib polvonlar aniqlanadi. Bu haqda Vazirlik saytida yozilmoqda.  

Musobaqa yakunlariga ko`ra natijalar quyidagicha:

- 60 kg.

1. Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston);

2. Abdullaziz Xamroev (O`zbekiston);

3. Akobir Qurbonov (O`zbekiston);

3. Kanat Seilkxan (Qozog`iston).

- 66 kg.

1. Qobuljon Axmedov (O`zbekiston);

2. Atabek Amirali (Qozog`iston);

3. Ruslan Bo`riev (O`zbekiston);

3. Muhammad Yusuf Shuayib (Ag`foniston).

-73 kg.

1. Sabir Saparbaev (Qozog`iston);

2. Umidjon Abdullaev (O`zbekiston); 

3. O`rol Sodiqov (O`zbekiston);

3. Ilsohzoda Husini (Tojikiston).

+70 kg.

1. Poxizaxon Kamoliddinova (O`zbekiston);

2. Azman Amaeva (Qozog`iston);

3. Filura Ergasheva (O`zbekiston);

3. Gusevo Vladleno (Rossiya).

Shuningdek, musobaqaning mutlaq vazn toifasida ham polvonlar aniqlandi.

1. Muhsin Xisomiddinov (O`zbekiston);

2. Dadaxon Qurbonaliev (Tojikiston);

3. Yaxyo Imomov (O`zbekiston);

3. Ne`matullo Asrankulov (Tojikiston).

Ma`lumot uchun aytib o`tmoqchimiz, 1993 yildan beri har ikki yilda o`tkazib kelinayotgan mazkur turnirda ko`plab nomdor polvonlar ishtirok etishgan. 15-bor tashkil etilgan an`anaviy xalqaro turnirda erkaklar -60, -66, -73, -81, -90 kg hamda mutlaq, ayollar esa -48, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida o`zaro bellashdi.

Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnirining umumiy mukofot jamg`armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida g`oliblarga 3 000, 2-o`rinni qo`lga kiritgan sportchilarga 2 000 hamda ikkita 3-o`rin sohiblariga 1 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Mutlaq vaznda g`olib bo`lgan polvonimiz Muhsin Xisomiddinov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSh dollariga sazovor bo`ldi. 2-o`rin sohibi tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliev 5 000 dollar, ikkita 3-o`rin sohiblari Yaxyo Imomov (O`zbekiston) va Ne`matullo Asrankulov (Tojikiston)lar 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, mutlaq vazn toifasida chorak finalda mag`lubiyatga uchragan 4 nafar kurashchining har biriga 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofotlari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar