AsosiySport

Jahon chempionatida 4 ta medal qo`lga kiritildi

'Jahon chempionatida 4 ta medal qo`lga kiritildi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida Jiu-jisu sport turi bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tdi. Bu haqda Vazirlik xabar bermoqda. 

Mazkur musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham munosib ishtirok etishdi. Ushbu chempionatda 7 ta vazn toifasida 40 dan ortiq davlatdan sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko`ra 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo`lga kiritgan sportchilarimiz umumiy 4 ta medal bilan chegaralanishdi.

Sovrindor o`rinlarni qo`lga kiritgan sportchilar bilan tanishing:

Kumush.

Riza Safarov (-94 kg);

Mohirho`ja Muminho`jaev (-77 kg).

Bronza.

Jakhongirho`ja Maxmudov (-85 kg);

Zulayho Asadova (-62 kg).

    Boshqa yangiliklar