AsosiySport

Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi

'Ravshan Ermatov yangi lavozimga saylandi'ning rasmi

Bugun, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida navbatdan tashqari saylov yig`ilishi o`tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat edi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda. 

Yig`ilishda Milliy olimpiya qo`mitasi rahbariyati, sport turlari bo`yicha federasiya va assosiasiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo`mitasi vise-prezidentligiga Ermatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash a`zolari tomonidan R.Ermatov nomzodi bir ovozdan ma`qullandi va saylandi.

Eslatib o`tamiz, Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o`zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston Futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Boshqa yangiliklar