O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbaeva Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi V. Matvienko bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya tomoni respublikada olib borilayotgan islohotlar, Rossiya Federasiyasi bilan ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihatlari, ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollariga berilgan baholar to`g`risida xabardor etildi.
Ikki mamlakat prezidentlari Sh.Mirziyoev va V.Putinning kuchli siyosiy irodasi hamda alohida shaxsiy munosabatlari sharofati bilan ikki tomonlama hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotgani ta`kidlandi.
V. Matvienko O`zbekistonda fuqarolarning farovonligini oshirish maqsadida ochiq demokratik jamiyat qurishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohada jadal amalga oshirilayotgan o`zgarishlarni yuqori baholadi.
Qayd etilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Rossiyaga bo`lajak tashrifi munosabati bilan oliy darajadagi uchrashuv kun tartibini mazmunan boyitish bo`yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Ikki tomonlama hujjatlarning katta to`plami tayyorlandi. Parlamentlar ularni amalda ro`yobga chiqarishga hissa qo`shishi kerak.
Federasiya Kengashi Raisi O`zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqida (EOII) kuzatuvchi maqomini olganligini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ushbu Tashkilot bilan o`zaro hamkorlik O`zbekiston-Rossiya munosabatlariga yangicha turtki berishi ta`kidlandi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat parlamentlari o`rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta`lim, sog`liqni saqlash va boshqa sohalarda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.
Shu nuqtai nazardan, ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumini o`tkazish muhimligiga urg`u berildi.
Shuningdek, gender tenglikni ta`minlash masalalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari bilan muloqot” platformasi faoliyati ko`rib chiqildi.
Bag`rikenglik masalasida O`zbekistonning boy tajribasini inobatga olgan holda, Rossiya tomoni 2022 yil may oyida o`tkaziladigan Dinlararo va millatlararo muloqot bo`yicha Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda faol ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, gender tenglikni ta`minlash masalalari, “Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari bilan muloqot” platformasi faoliyati ko`rib chiqildi.
Bag`rikenglik masalasida O`zbekistonning boy tajribasini inobatga olgan holda, Rossiya tomoni 2022 yil may oyida o`tkaziladigan Dinlararo va millatlararo muloqot bo`yicha Butunjahon konferensiyasiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda faol ishtirok etishga taklif qildi.
Uchrashuvda parlament yuqori palatasi rahbari T.Narbaeva yoshlar parlamentlari orqali hamkorlikni rivojlantirish, mehnat migrantlari manfaatlarini himoya qilishga ko`maklashish bo`yicha ishlarni davom ettirish hamda vatandoshlarimiz bilan uchrashuv davomida ko`tarilgan boshqa masalalarni Oliy Majlis Senati va Federal Majlis Federasiya Kengashi o`rtasidagi hamkorlik bo`yicha parlamentlararo komissiya faoliyati doirasida hal etish haqida to`xtalib o`tdi.
Muzokaralar yakunlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi o`rtasida mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolandi.