AsosiyDunyo

Masjidi Nabaviyda Ramazon oyida ibodat qilish uchun talablar qo`yildi

'Masjidi Nabaviyda Ramazon oyida ibodat qilish uchun talablar qo`yildi'ning rasmi

  Payg`ambar masjidi ishlari bo`yicha Bosh boshqarma COVID-19 ga nisbatan ehtiyot choralariga muvofiq masjidda Ramazon oyida toat-ibodatlar bo`yicha sa`y-harakatlarni faollashtirdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Saudiya matbuot agentligi (SPA) ma`lumotlariga ko`ra, faqat ikki dozadagi koronavirus vaksinasini olgan, virusdan xalos bo`lgan yoki masjidga borishdan 14 kun oldin bitta vaksinani olgan odam Ravzaga qatnashi va masjidda namoz o`qishi mumkin. Har bir insonning emlash holati Tawakkalna ilovasida ro`yxatdan o`tgan bo`lishi kerak.

Islam.ru ma`lumotlariga ko`ra, Ramazon oyida masjid qavmi va mehmonlarga kuniga 100 000 shisha suv tarqatiladi, bu uch million shisha zamzam suvini tashkil etadi. Har bir namozxonga iftorlik uchun xurmo va suv alohida taqdim etiladi. Masjid hovlilarida suhur va iftorni tashkil qilish va tarqatish ta`qiqlanadi.

E`tikof (ma`lum bir kun masjidda qolib, o`zini ibodatga bag`ishlash) pandemiya tufayli ketma-ket ikkinchi yilga to`xtatiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar