Sankt-Peterburglik Rim ismli bolaga 8 yoshida dilatasion kardiomiopatiya tashxisi qo`yildi, bu kasallikda yurak mushagi - miokardning ishi buziladi.
Birinchi yurak transplantasiyasi Hindistonda amalga oshirildi, ammo bir oydan so`ng tanasi yangi organni rad etdi.
Peterburglik shifokorlar tibbiy markazda ikkinchi operasiyani o`tkazdilar. Jarrohlik amaliyoti 4,5 soat davom etdi.
Oddiy transplantasiya bilan taqqoslaganda, shifokorlar ushbu operasiya ikki barobar qiyin bo`lganligini tan oldi.
Birinchidan, 11 yoshli bolakay hayoti davomida o`zidan ancha og`ir vaznda bo`lgan katta yoshlilardan yurak transplantasiyasini o`tkazgan.
Ikkinchidan, bunday proseduralarning har biri mualliflik xususiyatiga ega: umumiy qoidalar mavjud, ammo tomirlarni qanday qilib to`g`ri bog`lash kerak, choklarni nimaga va qaerga qo`yish kerak, jarrohlik paytining o`zida qaror qilishga to`g`ri keladi.
Ammo hamma narsa amalga oshdi. Romaning ahvoli yaxshi. U bir oydan keyin shifoxonadan chiqariladi. Shifokorlarning aytishicha, kelajakda bola hatto sport bilan ham shug`ullanishi mumkin. Amalga oshirilgan operasiya hech qanday cheklovlarga sabab bo`lmaydi.






