Rossiya ichki ishlar vazirligi 15 iyunga qadar MDH davlatlariga Rossiyada noqonuniy bo`lib turgan muhojirlarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda, deya xabar berdi Gazeta.uz RIA Novostiga tayanib.
Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda O`zbekistondan 332 ming, Tojikistondan 247 ming, Ukrainadan 152 ming, Ozarboyjondan 120 ming, Qirg`izistondan 115 ming, Armanistondan 61 ming, Moldovadan 56 ming va Qozog`istondan 49 ming noqonuniy muhojirlar Rossiya hududida bo`lib turishibdi.
Ma`lumot uchun, 2020 yil dekabr oyi o`rtalarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga ko`ra, koronavirus bilan bog`liq vaziyat sababli muhojirlarning mamlakatda vaqtinchalik yashash muddatini 2021 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.
Kanalga obuna bo`ling






