AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 3 milliondan oshdi

'Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 3 milliondan oshdi'ning rasmi

Dunyoda koronavirus pandemiyasi boshidan beri uning qurbonlari soni 3 mlndan oshdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 140 mlnga etdi. Shu bilan birga, 119 mln kishi virusdan sog`ayib ketgan.

Koronavirusdan birinchi o`lim holati rasman 2020 yil 11 yanvarda Xitoyda qayd qilingandi.

Koronavirusdan bir million o`lim holati 2020 yil 28 sentyabrda, ikki million o`lim holati esa 2021 yil 15 yanvarda qayd qilingan.  

Hozirda virusdan AQShda eng ko`p odam vafot etgan – 579 ming kishi. Bu borada keyingi o`rinlarni Braziliya (365 ming o`lim) va Meksika (211 ming o`lim) egallamoqda.

Koronavirus infeksiyasi bilan ilk kasallanish holati 2019 yil dekabr oxirida Xitoyning Uhan shahrida qayd qilingan. 2020 yil 30 yanvarda JSST koronavirus tarqalishini jamoat sog`lig`ini saqlash sohasidagi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat, 11 martda esa pandemiya deb e`lon qilgandi.  

    Boshqa yangiliklar