Germaniya kansleri Angela Merkel «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qildi, deya ma`lum qildi Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Shteffen Zaybert.
«Men bugun «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qilganimdan xursandman. Emlash kampaniyasida qatnashgan va emlanganlarning barchasidan minnatdorman. Emlash pandemiyani bartaraf etishning kalitidir», — deya Zaybert «Twitter»da Merkelning so`zlarini keltirgan.
Shuningdek, u emlanganlik haqidagi sertifikatni ilova qilgan.
Avvalroq, Fransiyada AstraZeneca bilan emlangan 8 kishi vafot etgani haqida xabar bergandik.






