AsosiySport

Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Rossiyaga uchib ketdi

'Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Rossiyaga uchib ketdi'ning rasmi

Bugun erta tongda boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo`nab ketdi. Vakillarimiz 19-24 aprel kunlari ushbu shaharda o`tkaziladigan “Sankt-Peterburg Gubernator kubogi-2021” musobaqasida ishtirok etishadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi.

“Sibur Arena”da o`tadigan an`anaviy xalqaro musobaqada bu yil 15 mamlakat vakillari g`oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular orasida mezbon va o`zbekistonlik bokschilardan tashqari Kuba, Qozog`iston, Hindiston, Shotlandiya, Tailand, Marokash, Niderlandiya kabi etakchi mamlakatlarni ham uchratish mumkin.

Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida ishtirok etadigan erkaklar terma jamoamiz to`liq tarkibda qatnashishi ahamiyatli. Rossiya safariga quyidagi bokschilarimiz yo`l olishdi:

49kg: Nodirjon Mirzahmedov

52kg: Shahobiddin Zoirov

56kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

60kg: Abdumalik Halakov

64kg: Elnur Abduraimov

69kg: Bobousmon Boturov

75kg: Fanat Qahramonov

81kg: Dilshodbek Ro`zmetov

91kg: Sanjar Tursunov

+91kg: Bahodir Jalolov

    Boshqa yangiliklar