AsosiyDunyo

Isroilda aholiga niqob taqish majburiyati bekor qilindi

'Isroilda aholiga niqob taqish majburiyati bekor qilindi'ning rasmi

Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasining pasayishi munosabati bilan aholiga ko`chada himoya niqoblarini taqish majburiyatini bekor qildi. Bu haqda «RBK» xabariga tayanib daryo xabar bermoqda.

«Butun mamlakat bo`ylab kasallanish darajasi pastligicha qolmoqda, shuning uchun aholiga ochiq havoda niqob taqish talabi bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi odam gavjum bo`lgan sharoitda niqob taqishni tavsiya qiladi. Bino ichida esa niqob taqish majburiy bo`lib qolmoqda.

Avvalroq mamlakat rasmiylari koronavirusga qarshi emlangan xorijiy sayyohlarni Isroilga kiritish shartlarini ma`lum qilgan edi. Sayyohlar samolyotga chiqishdan oldin koronavirus uchun PZR-testidan o`tishi kerak. Bundan tashqari, sayyohlar Isroil aeroportidan chiqib ketish uchun ikkinchi marta PZR-tekshiruvidan o`tishi kerak, shuningdek, mamlakatga kelganlar emlangani yoki ilgari virusdan davolanganini tasdiqlash uchun antitanalar bo`yicha tekshiruvidan o`tishi lozim.

Isroil koronavirusga qarshi emlanganlar uchun 23 may kuni o`z chegaralarini ochishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar