AsosiyDunyo

Turkmaniston prezidentining otasi 89 yoshda vafot etdi

'Turkmaniston prezidentining otasi 89 yoshda vafot etdi'ning rasmi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda yakshanba kuni mamlakatning davlat axborot agentligi xabar berdi, deb yozmoqda tarjumon. 

Agentlik ta`kidlaganidek, Maliko`g`li Berdimuhamedov 1932 yil 12 avgustda Go`ktepa tumanining Birleshik-1 qishlog`ida tug`ilgan. Mehnat faoliyatining boshida kutubxonachi, so`ngra boshlang`ich sinf o`qituvchisi bo`lib ishlagqn.

1958 yildan 1982 yilgacha Ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, podpolkovnik unvoni bilan nafaqaga chiqqan va shu keyin uzoq muddat o`qituvchilik qilgan. Shuningdek, u Milliy institutida, Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida va Ashxobod shahar ta`lim bo`limida ishlagan.

Uning nomi poytaxtdagi 1001-sonli harbiy qismga, shuningdek poytaxt Ichki ishlar vazirligining Choganli turar-joy majmuasiga berilgan.

    Boshqa yangiliklar