Tananing butun yuzasi ter bezlari bilan qoplangan. Ular normal tana haroratini saqlab turish uchun zarur bo`lgan namlikni hosil qiladi. Ter miqdori asab impulslari va qonning gormonal tarkibi bilan tartibga solinadi.
Gipergidrozning 2 ta: birinchi va ikkinchi darajali turlari bor. Birinchi turi tug`ma terlash bo`lib, unda terlashning sabablari yo`q. Ikkinchi darajali gipergidroz davolovchi preparatlar ichish, gormonal o`zgarishlar va ayrim kasalliklar tufayli sodir bo`ladi.
Gipergidroz profilaktikasida quyidagilar tavsiya etiladi:
- tabiiy matoli (paxta, zig`ir) kiyimlarni kiying;
- krossovka va yopiq poyabzal ostidan paypoq kiying;
- dezodorant emas, antiperspirantdan foydalaning;
- nam salfetkalardan foydalaning.
- stressga engilmang;
- terlashni ko`paytiradigan oziq-ovqat va ichimliklarni ovqat rasionidan olib tashlang.