Bugun poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi lisenzion musobaqa boshlandi.
Bugun reglamentga ko`ra, erkaklar o`rtasida sablya va shpaga, ayollar o`rtasida rapira bo`yicha bellashuvlar bo`lib o`tadi. Hozirda sablyachilar o`rtasida saralash bellashuvlari o`tkazilyapti. Unda Sherzod Mamutov yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Musobaqada quyidagi sportchilarimiz Olimpiada yo`llanmalari uchun jang qilishadi:
Sablya
Erkaklar: Sherzod Mamutov (25 aprel)
Ayollar: Zaynab Dayibekova (26 aprel)
Rapira
Ayollar: Yana Alborova (25 aprpel)
Erkaklar: Ahmadilloh Solihojiev (26 aprel)
Shpaga
Erkaklar: Fayzulla Alimov (25 aprel)






