AsosiySIYOSAT

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi Buxoroda o`tkaziladi

2021 yil 26 aprel kuni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global...

'Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi Buxoroda o`tkaziladi'ning rasmi

2021 yil 26 aprel kuni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumini o`tkazish bo`yicha Tashkiliy qo`mitaning yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbaeva olib bordi.

Yig`ilishda Tashkiliy qo`mita a`zolari, Barqaror rivojlanish maqsadlarini nazorat qilish bo`yicha Parlament komissiyasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash a`zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, BMTning O`zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, Yoshlar parlamentlari a`zolari, Buxoro viloyati va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi.

2021 yil 9 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning Kengashlari tomonidan Qo`shma qaror qabul qilingan. Ushbu Qaror bilan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumini 2021 yil 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida o`tkazish, uning konsepsiyasi, reglamenti, tashkiliy qo`mita tarkibi va chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Yig`ilishda ushbu masalalar muhokama qilindi va vazifalar belgilab olindi.

Qayd etilganidek, Forum doirasida 10‒20 iyun kunlari Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish maqsadida Toshkent shahrida “Hech kim e`tibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida Barqaror rivojlanish haftaligi o`tkaziladi.

Haftalik doirasida respublikaning barcha hududlarida turkum tadbirlar tashkil etiladi. Shu jumladan, “O`zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlari sari” nomli kitob-albomi o`zbek, rus hamda ingliz tillarida tayyorlanib, nashr qilinadi.

Qolaversa, ishtirokchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Forumning maxsus veb-sayti yaratiladi, barcha kerakli ma`lumotlar unga joylashtirilib boriladi. Forumda ishtirok etish istagini bildirgan jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlar uchun ushbu sayt orqali ro`yxatdan o`tish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, Forum ishtirokchilari uchun madaniy-konsert dasturi tashkil etiladi.

Yig`ilishda bu borada amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Mirziyoyev: O‘zbekiston iqtisodiyoti bu yil 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda'ning rasmi

SIYOSAT Bugun 07:04

'Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi'ning rasmi

SIYOSAT Bugun 05:46

Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Prezidentning ma'lum qilishicha, markaz hududida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega mustaqil moliyaviy regulyator ham faoliyat yuritadi.

'Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

SIYOSAT Bugun 04:46

Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda amerikalik hamkorlarning O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqishi ham alohida qayd etildi.

'Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi'ning rasmi

SIYOSAT Bugun 02:41

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashdi

Uchrashuvda Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan.

'Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi'ning rasmi

SIYOSAT 16.06.2026 13:04

Mirziyoyev “Air Products” bosh direktori bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

Uchrashuvda mamlakatda yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini barpo etishga faol investitsiya kiritayotgan kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

'O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda'ning rasmi

SIYOSAT 16.06.2026 08:36

O'zbekiston va Albaniya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda

Uchrashuvda ikki mamalakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi yoʻnalishlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.