Bugundan kuchga kiradigan yo`l harakati qoidalaridagi eng muhim o`zgarishlar

Jamiyat 01.03.2016, 11:08
Bugundan kuchga kiradigan yo`l harakati qoidalaridagi eng muhim o`zgarishlar

2015 yilning 24-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 370-sonli qaror imzolandi. Mazkur qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 mart kunidan boshlab bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari" amalga kiritildi. Shu munosabat bilan quyida "Yo`l harakati qoidalari"da ko`zda tutilgan eng muhim o`zgarishlarni keltirib o`tamiz.

Demak, 1 martdan boshlab:

Dvigatel ish hajmi 50 santimetr3 dan yuqori, tezligi 50 kilometr soatdan ortiq skuter, elektroskuter va kvadrosikllar ham «motosikl” atamasiga kiritildi. Endilikda ular ham motosikl sifatida ro`yxatga olinadi va davlat raqam belgilari beriladi. Ularni  boshqaradigan haydovchilar «A» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lishlari shart.

Haydovchilar:

  • harakatni boshlashdan oldin yo`lovchilarni harakat vaqtida tanani(qo`lni chiqarish bunga kirmaydi) avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi;
  • yo`lovchilarga xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi;
  • ko`p qavatli uylar orasida avtomobil tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasligi;
  • o`zi bilan birga nur qaytaruvchi nimchalarni olib yurishi;
  • tashkiliy ravishda odam olib ketayotgan, yo`lovchilarni tashiyotgan avtobuslar, mikroavtobuslar, shuningdek, motosikl va mopedlarda kunning yorug` paytida harakatlanayotganda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib yurishi;
  • dvigitel ish hajmi 50 santimetr kubdan yuqori, tezligi 50 kilometr soatdan ortiq bo`lgan kvadrosikl, skuter va elektroskuter kabilarni davlat raqami va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarmasligi;
  • «A» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o`qiyotganlarning yoshi o`qishni bitirish vaqtida 16 yosh, «V» va «S» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga o`qiyotganlarning yoshi o`qishni bitirish vaqtida 18 yosh, «D» va tramvay, trolleybusni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishga o`qiyotganlarning yoshi o`qishni bitirish vaqtida 21 yosh bo`lishi shart.

Piyodalar:
Yo`lni kesib o`tayotganda (maxsus ajratilgan joydan) xayolni chalg`ituvchi vositalar — mobil telefoni va planshetdan foydalanish, quloqchin (naushnik)da musiqa eshitish yoki gazeta, jurnal, kitob o`qish man etiladi.

Bundan tashqari haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksasiya» axborot-ishora belgisi ham joriy etildi. Bu kiritilgan yangilikning dolzarbligi Toshkent shahrida yo`l harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimini  ishga tushishi bilan ham chambarchas bog`liq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1