Professional boksning ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ikki yo`nalish bo`yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7 KO) WBA tomonidan o`tgan oyning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Bu haqda go.sport ma`lum qildi.
Aprel oyida Murodjon Toshkentda bo`lib o`tgan boks oqshomida Ryosuke Ivasani engib, chempionlik kamarlarini himoya qilgan.
Ta`kidlanishicha, bu sovrin o`zbek bokschisiga ilk marta nasib etmoqda.






