️SSV: Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun berilgan huquq muddati uzaytirildi

Salomatlik 09.05.2021, 15:12
Teglar: koronavirus
️SSV: Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun berilgan huquq muddati uzaytirildi

Tegishli tashkilotlar taklifini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko`rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatish huquqi, istisno tariqasida, 2022 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuni unutmaslik kerakki, nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga xizmat ko`rsatish, koronavirus infeksiyasiga PZR va ekspress-test tekshiruvlari o`tkazish faqatgina Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tegishli talablar asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyat sog`liqni saqlash boshqarmalari bilan tuzadigan shartnomalariga muvofiq, davolash ishlarini amalga oshirish va sanitariya qoidalariga rioya qilish hamda tegishli hisobotlarni muntazam topshirib borish vazifasi yuklatildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni davolash ishlarini www.bemor.ssv.uz dasturida  olib borish majburiyati asosida amalga oshirish belgilandi.

Sharhlar

Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Shifokorlar yangi to`lqindagi koronavirusning avvalgilari bilan farqlari haqida ma`lum qildi

06.09.2022, 09:07

Yangi to`lqindagi koronavirus belgilari SARSga o`xshaydi va pnevmoniya va bronxit kamroq tarqalgan, deydi shifokorlar. Bu haqda "stopkoronavirus.rf" saytida xabar qilindi. Yangi to`lqinda COVID-19 ning oldini olish...
19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 kishida koronavirus aniqlandi — SSV

20.07.2022, 10:34

Kecha, 19 iyul kuni O`zbekistonda yana 70 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. Shu bilan, 2022 yil 19 iyul holatiga ko`ra,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1