O`tgan oyda o`zbek shou-biznesida eng ko`p e`tibor markazida bo`lgan san`atkor Tamila bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Avvaliga uning ishtirokidagi behayo videoroliklar tarqaldi, keyinroq uning prodyuserlik markazi u bilan shartnomani bekor qildi, o`z navbatida “O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandaga berilgan lisenziyani bekor qildi.
Shu hafta boshidan Tamila yana tilga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida xonanda “Men bo`lmasam” nomli yangi qo`shig`ini “Tamila.uz” sayti orqali taqdim etayotgani haqidagi reklama bannerlari tarqaldi. “Qalampir.uz” sayti masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma`muri bilan bog`landi.
Go`shakni ko`targan ma`mur Tamila yana prodyuserlik markaziga qaytganini va to`ylarga ham chiqayotganini ma`lum qildi. Uning aytishicha, Tamilaning Toshkentdagi bitta to`yga borishi bahosi 1.500.000 so`mni tashkil etyapti.
Nashrning ma`lum qilishicha, xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u haqdagi savollarga javob berishni istamagan. Tamilaniing o`zi esa telefoniga javob bermagan.