O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyaning Qozon shahridagi maktabda sodir bo`lgan fojiali voqea munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi:
Rossiya Federasiyasi Prezidenti
Vladimir Vladimirovich Putin
Janobi Oliylariga
Hurmatli Vladimir Vladimirovich!
Fojiali voqea – Qozon shahridagi maktabda sodir bo`lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo`lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg`u va larzaga soldi.
Hech qanday vaj bilan oqlab bo`lmaydigan ushbu mudhish zo`ravonlik harakatini qat`iy qoralaymiz.
Sizga, qurbon bo`lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohat olganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.
Ushbu musibatli damlarda O`zbekistonning ko`pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikki qayg`udoshdir.
Hurmat bilan,
Shavkat Mirziyoev,
Prezident Respubliki Uzbekistan






