Bugun Qozog`iston poytaxtida O`zbekiston va Qozog`iston hukumat delegasiyalari ishtirokida O`zbekiston-Qozog`iston qo`shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi yig`ilishi o`z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tomonlar 10-14 may kunlari Nur-Sulton shahrida O`zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hamda Qozog`istonning Turkiston viloyati chegaralari tutashgan uchastkalarda davlatlararo chegara demarkasiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi shartnoma loyihasi muhokama qilindi.
Muzokaralar konstruktiv ruhda o`tdi.
Navbatdagi uchrashuvni may oyining oxirida O`zbekistonda o`tkazilishi rejalashtirildi.