Baland poshna tufli kiygan qizlar Sochi tog`larida o`tkazilgan yugurish musobaqalarida qatnashishga taklif etildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bu erda xalqaro xotin-qizlar kuni 7 martdan boshlanadi. Ayollarni bir qancha syurprizlar – go`zallik salonlari, savdo do`konlari, tog`da joylashgan restoranlar, turli shoular kutadi. Yugurish musobaqalarida 10 sm.dan baland tufli kiygan qizlar qatnashishlari mumkin. Musobaqa qatnashchilariga 8 mart kuni trassaning o`zida atirgullar sovg`a qilinishi ko`zda tutilgan. Bundan tashqari Sochi tog`larida tova irg`itish va qordan qorbobo yasash kabi hazil musobaqalar ham o`tkaziladi.





