AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidentini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidentini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Shavkat Mirziyoev Prezident Qasim-Jomart Toqaevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog`lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Qozog`iston Prezidentining birodar mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi qayd etildi.

Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar ko`p qirrali O`zbekiston-Qozog`iston munosabatlarining jadal sur`at bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta`kidlandi.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko`rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yo`nalishlarda yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Boshqa yangiliklar