AsosiySiyosat

Senat Raisi Jahon bankining vise-prezidenti bilan uchrashdi

'Senat Raisi Jahon bankining vise-prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 18 may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha vise-prezidenti Anna Berde bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi va Jahon banki o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Jahon banki vise-prezidenti mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarga, ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda erishilgan yutuqlarga, shuningdek fuqarolar salomatligini asrash yo`lida pandemiya oqibatlarini yumshatishga, aholi farovonligini ta`minlash va mamlakat iqtisodiyotini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan sa`y-harakatlarga yuqori baho berdi.

A.Berde xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning keng ishtirokini ta`minlash borasida O`zbekiston erishgan yutuqlarga alohida urg`u berdi.

Jahon banki bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berishga, mehnat normalarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga qaratilgan O`zbekiston sa`y-harakatlarini olqishladi.

Shuningdek, tomonlar parlamentarizmni, yoshlar va xotin-qizlar, eng avvalo qishloq joylarda yashayotgan yoshlar va xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek inson kapitalini yuksaltirish bo`yicha taklif etilayotgan istiqbolli loyihalarni ham muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar