AsosiySiyosat

Koreya Respublikasi Orolbo`yi mintaqasida amalga oshiriladigan ekologik loyihalarga 7 million dollar ajratadi

'Koreya Respublikasi Orolbo`yi mintaqasida amalga oshiriladigan ekologik loyihalarga 7 million dollar ajratadi'ning rasmi

BMT Bosh Assambleyasining Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovasiya va texnologiyalar zonasi, deb e`lon qilish to`g`risidagi rezolyusiyasiga Koreya Respublikasi elchisi Kan Chje Kvon o`z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

- Avvalo, O`zbekistonni xalqaro hamjamiyatning faol a`zosi sifatida BMTdagi navbatdagi muvaffaqiyati bilan tabriklayman. Butun insoniyat Orol dengizi inqiroziga munosib darajada qiziqish bildirishi kerak. Bu inqiroz atrof-muhit, mahalliy aholi hayoti, jamiyat va madaniyat, iqtisodiyot va taraqqiyot, insoniyat va kelajak uchun katta muammolar tug`dirdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Osiyo qit`asi uchun dolzarb masaladir.

 Biz kurashishning aniq mexanizmlari taqdim etilgan va Orol dengizi muammolariga global javob berilgan mazkur rezolyusiyaning ijrosini sabrsizlik bilan kutamiz. Hayotimizda ko`p sinovlar bor, lekin biz odamlar va atrofimizdagi go`zal tabiatga tayanganimizda qanchalik qudratli ekanimizni anglab etamiz.

Koreys xalqi o`z tarixida ko`plab misli ko`rilmagan inqirozlar va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Ammo mamlakatimiz har qanday qiyin davrda davlatga ozgina bo`lsada ko`mak bergan o`z xalqidan kuch-quvvat olgan, ruhlangan. Koreya Respublikasi, shuningdek, xalqaro hamjamiyat yordamiga tayanib ham ushbu sinovlarni munosib engib o`tgan.

Orol dengizi muammosini bartaraf etishda biz, avvalo, O`zbekiston rahbariyati va xalqiga katta hurmat izhor qilamiz.

Koreya Respublikasi xalqaro hamjamiyat a`zosi sifatida Orol mintaqasini qo`llab-quvvatlashga tayyor. Xususan, mamlakatimiz Orolbo`yi mintaqasini qutqarish loyihalariga 7 million dollarga yaqin mablag` ajratmoqda. Janubiy Koreya ilmiy jamoatchiligi, tibbiyot tashkilotlari, kompaniyalari va ijtimoiy soha vakillari O`zbekiston bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashadi.

    Boshqa yangiliklar