O`zbekiston Prezidenti farmoni bilan davlat rahbarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko`ra, Shoazim Minovarov O`zbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimida ish boshladi.
Shoazim Minovarov 1951 yil tug`ilgan. 1997 yil 27 iyundan 2006 yil 1 avgustgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining birinchi o`rinbosari, raisi bo`lgan. 2006 yil 1 avgustdan 1 dekabrigacha - O`zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi, 2006 yil 1 dekabrdan 2008 yil 28 iyungacha - O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari. U 2008-2012 yillarda O`zbekistonning Misrdagi elchisi bo`lgan, 2013 yilda pensiyaga chiqarilgan. 2015 yil aprel oyidan 2017 yil iyul oyigacha Toshkentdagi Fransuz alyansi raisi bo`lgan.






