1

Kartoshkaning foydali xususiyatlarini bilasizmi?

Salomatlik 09.03.2016, 16:55
Kartoshkaning foydali xususiyatlarini bilasizmi?

•  Ushbu mahsulot kaliy moddasiga boyligi sabab organizmdan ortiqcha tuz va suvni haydaydi, bu esa modda almashinuvini yaxshilaydi. Shuning uchun ham parhez payti juda foydali, faqat me`yorni unutmang. Chunki juda kaloriyali mahsulot bo`lgani uchun semizlikka moyil odamlarga uni kamroq eyish tavsiya etiladi.

•  Terida allergiya sababli paydo bo`lgan dog`lar, kuyish jarohatlari, mayda tomirlar yorilishi oqibatida yuzaga kelgan ko`karishlarni har kuni xom kartoshka bo`lagi bilan arting. 

•  Kartoshka sharbatini sabzi, selderey ildizi sharbatlariga qo`shib iste`mol qilsangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi va asabiy taranglik yo`qoladi. 

•  Yurak faoliyati yaxshilanishi uchun kuniga uch mahal och qoringa 100 ml. kartoshka sharbati ichsangiz (uch hafta davomida), so`ng 1 hafta tanaffus qilib, yana shu davolash kursini takrorlash mumkin. 

•  Qabziyatda ertalab och qoringa 1 stakan xom kartoshka sharbati ichish foydali. Keyin yarim soat o`rinda qimirlamay yotasiz. Bir soatdan so`ng nonushta qilish mumkin. Muolajani 10 kun ketma-ket takrorlasangiz, bu muammodan butunlay xalos bo`lasiz.

•  Tirnoqlaringiz ham mustahkamlanadi. 

•  Har kuni quyuq kartoshka qaynatmasidan ichib turish orqali eng kuchli zamburug`li kasalliklarni ham engish mumkin. 

•  Qon bosimi oshganda gaz pechida pishirilgan kartoshkani po`sti bilan eyish kerak. 

•  Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasida tozalangan kartoshkani sirlangan idishda tuzsiz suvda qaynatiladi. Qaynatmani har kuni 3 mahal yarim stakan-bir stakandan ichib turish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1