Oliy Majlis Senatining o`n beshinchi yalpi majlisi o`z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Oliy majlis Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Bugun, 29 may kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kuni o`z ishini boshladi.
Yalpi majlisni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan masalalarning muhokamasini Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.






