AsosiySiyosat

“Transport to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ma`qullandi

'“Transport to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ma`qullandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisida “Transport to`g`risida”gi Qonun ko`rib chiqildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Bugun mamlakatimiz transport tizimining har bir tarmog`i o`z faoliyatiga doir “Avtomobil transporti to`g`risida”, “Temir yo`l transporti to`g`risida” qonunlar va Havo kodeksi kabi qonun hujjatlari.

Natijada transport tizimining avtomobil, temir yo`l, aviasiya, suv transporti tarmoqlari bir-biridan alohida, o`z yo`nalishida rivojlanib, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida qonun mavjud emas edi.

Ko`rib chiqilayotgan Qonun esa sohadagi bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda tarmoqdagi qonun hujjatlari bilan teng yuridik kuchga ega bo`lgan, bir vaqtning o`zida ishlaydigan, bir-birini to`ldiradigan normalarni belgilaydi.

Tashish shartnomasi va majburiyatlari bo`yicha yuzaga keladigan javobgarlikni ta`minlash kabi iqtisodiy masalalarning hal etilishi orqali tijorat transporti faoliyatini rivojlantirish ham Qonunning asosiy maqsadlaridan biridir.

Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, transport faoliyati sub`ektlarining tengligi, davlat va transport faoliyati sub`ektlari manfaatlarining uyg`unligi va javobgarligi kabi tamoyillar ham Qonun bilan mustahkamlab qo`yilmoqda.

Umuman Qonun tijorat asosida amalga oshiriladigan har qanday transport faoliyatini yuritishda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan tadbiq etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

 

    Boshqa yangiliklar