1

“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi

Madaniyat 30.05.2021, 14:24
Teglar: “O`zbekkonsert”
“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi

“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga Uzakov Jamoliddin Erkinovich rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e`lon qildi.

"Vazirlikning ijro apparati rahbari, etuk mutaxassis, o`z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma`naviyati kuchli, to`g`riso`z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo`lida o`z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning umummaqsadi yo`lida sobitqadam, munosib o`rniga ega yosh rahbar Uzakov Jamoliddin Erkinovichga mas`uliyatli vazifa yukladik",– deydi Ozodbek Nazarbekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1